31.08.2023 y.
📌 KORXONA SIFAT MENEJMENT TIZIMI BO‘YICHA IKKINCHI AUDIT TEKSHIRUVI BOSHLANDI

✅ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda sifat menejment tizimi (SMT) bo‘yicha xalqaro ISO 9001:2015 standarti talablariga mosligi va uning samaradorligini namoyish etish uchun takomillashtirish imkoniyatlarini o‘rganish, sohalarni tahlil qilish va baholash mezonlari bo‘yicha birinchi yarim yillik natijalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

📚 Unda korxona rahbariyati, bo‘lim va sex boshliqlari ishtirok etdi. Yig‘ilishni jamiyat direktorining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh muhandis O.Amirkulov ochib berib, korxonaning maqsadlarga erishish darajasi, tashqi va ichki audit natijalariga ko‘ra tuzatish harakatlarining bajarish darajalari, birinchi bosqich tashqi audit natijalari, iste’molchining qoniqish darajasi kabi mavzularda muhokamalar o‘tkazdi.

✍️ Shunday qilib, o‘tkazilgan birinchi bosqich tashqi audit natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilib, ikkinchi bosqich tashqi audit tekshiruvlari boshlandi.

31.08.2023 y.
✅ G‘OLIBLARNI TAQDIRLASH MAROSIMI O‘TKAZILDI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda qator sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Bugun jamiyat direktori Xotam Yoriyev boshchiligidagi rahbariyat jamoasi tomonidan musobaqa qatnashchilari va g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida, X.Yoriyev barcha yig‘ilganlar va korxona jamoasini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, xonadonlarga fayz-baraka, tinchlik-xotirjamlik tiladi.

Marosim so‘ngida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan mini-futbol musobaqasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamiyat futbol jamoasiga hamda bayram munosabati bilan o‘tkazilgan spartakiada o‘yinlarining g‘oliblariga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

16.08.2023 y.
PLASTIKLAR OLAMIDA XUSH KO‘RDIK!

Sizdan bir daqiqaga qo‘lingizdagi ishni qo‘yib, o‘rningizdan turishni, ko‘chaga chiqishingiz yoki derazadan atrofga nazar tashlashingizni so‘ragan bo‘lar edim. Xo‘sh, nima ko‘rasiz?
Qayerdandir uchib kelayotgan sellofan paketi, yerda yotgan bakalashka yoki qandaydir plastik idishni ko‘rishingiz aniq. Mana shu manzara qaysidir yaylov yana qaysidir kengliklarni qoplagan. Tabiatimiz yashillik va tabiiyligini plastik chiqindilarga bo‘shatib berayotganga o‘xshaydi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Qo‘ldoshev va Ekologiya bo‘limi boshlig‘i J.Qahharovlar tashabbusi bilan jamiyat yosh ishchi-xodimlarini jalb qilgan holda “Tabiatni plastik chiqindilardan qutqaramiz” nomli aksiya o‘tkazildi.
Yoshlar jamoasi korxona atrofida yoyilib ketgan plastik idishlarni terib, atrof-muhit tozaligiga, ekologiyaning yaxshilanishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Obodonlashtirish oyligi”da jamiyatimiz yoshlari ham mana shunday tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqda.

16.08.2023 y.
✅ XODIMLAR PROFILAKTIK TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA

🔺“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ hamda Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda korxona ishchi-xodimlarini profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.

🌋 Mazkur tibbiy ko‘rik zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirida yuzaga keladigan hodisalarni oldini olish, ishchi-xodimlarning salomatligini asrash maqsadida o‘tkazilmoqda.
✍️ Unga Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi davolash profilaktik muassasasining malakali mutaxassislari jalb qilindi.

15.08.2023 y.
“Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!”

✅ “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o'tkazilayotgan sport musobaqalari erkaklar o'rtasidagi voleybol o'yinlari bilan davom etmoqda.

14.08.2023 y.
📌 “QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MCHJ KORXONASI “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TIZIMI” BO‘YICHA ISO 37001:2016 XALQARO STANDART SERTIFIKATINI QO‘LGA KIRITDI

✅ Sertifikatni topshirish marosimida “CERT International” sertifikatlashtirish idorasi vakili Alisher Alimov hamda korxonaning rahbar xodimlari ishtirok etdi. A.Alimov korxonaning barcha vakillarini ushbu yutuq bilan tabriklab, mazkur sertifikat korxona faoliyatining korrupsiyaga qarshi standartlarga to‘la mos ekanligini hamda korxonada korrupsiyaga qarshi kurash tizimi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, sertifikatni qo‘lga kiritishgacha bo‘lgan jarayonda o‘tkazilgan audit tekshiruvlarida jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurash tizimi qay holatda ekanligi atroflicha tahlil qilinganligini aytib o‘tdi.

Hamkorlarimiz