“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis, rahbar va xodimlar uchun Sanoat xavfsizligi yo‘nalishida o‘quv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv O‘zbekiston Raspublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, unda korxonada faoliyat yuritayotgan 20 nafar xodim jalb qilindi.
Mutaxassislar Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi kabi masalalardabilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
28-aprel Butunjahon Mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi tomonidan Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi Jo‘rayev Dadajon To‘xtasin o‘g‘li faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq bilan hamkasbimizni tabriklaymiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning bir guruh xodimlari taqdirlandi.
Jamiyat rahbariyati tomonidan kasb bayramini nishonlayotgan mutaxassislarga iliq fikrlar bildirilib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi. O‘z faolligi va jonkuyarligi bilan korxonada xizmat qilib kelayotgan xodimlar pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bugungi kasb bayramini nishonlayotgan Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi yo‘nalishi xodimlariga bayram muborak bo‘lsin!
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanishi, vaziyatni tezkor bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib o‘tildi. Mutaxassislar tomonidan mashg‘ulot natijalari, yutuq va kamchilliklar tushuntirib o‘tildi.
Unda Yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash bo‘limi, jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi, korxona rahbariyati va bosh mutaxassislar ishtirok etishdi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan bir necha yildan buyon “Yashil makon” umumilliy loyihasi tashkil qilinib kelinmoqda. Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi ham xayrixohlik va faollik bilan ishtirok etib kelishadi.
Jamiyat hududida boshlangan loyiha doirasida bu gal 100 ming tup saksovul ko‘chati ekish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, korxona hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 300 tup qayrag‘och ko‘chati ham ekildi.
Ushbu loyihada ishlar Konimex tuman davlat o‘rmon xo‘jaligi hamkorligida olib borilmoqda. Mutaxassislar ko‘chatlarni yetkazib berish va ularni ekish, parvarishlash ishlarida jamiyat xodimlariga ko‘maklashmoqdalar.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda jamiyat hududida kon ishlari xavfsizligi hamda samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari boshlandi..
O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Unda jamiyatning 20 nafar xodimi ishtirok etmoqda.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida Sanoat xavfsizligini ta’minlash va unga rioaya etilishini qonun hujjatlari, huquqiy talablari bilan nazorat qilinishi to’risidagi tanishtiruvdan boshlangan o’quv dasturida 10 ga yaqin mavzular o’rin olgan.
O‘quv mashg‘uloti 19-dekabrdan 23-dekabrga qadar davom etdi.