Sizdan bir daqiqaga qo‘lingizdagi ishni qo‘yib, o‘rningizdan turishni, ko‘chaga chiqishingiz yoki derazadan atrofga nazar tashlashingizni so‘ragan bo‘lar edim. Xo‘sh, nima ko‘rasiz?
Qayerdandir uchib kelayotgan sellofan paketi, yerda yotgan bakalashka yoki qandaydir plastik idishni ko‘rishingiz aniq. Mana shu manzara qaysidir yaylov yana qaysidir kengliklarni qoplagan. Tabiatimiz yashillik va tabiiyligini plastik chiqindilarga bo‘shatib berayotganga o‘xshaydi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Qo‘ldoshev va Ekologiya bo‘limi boshlig‘i J.Qahharovlar tashabbusi bilan jamiyat yosh ishchi-xodimlarini jalb qilgan holda “Tabiatni plastik chiqindilardan qutqaramiz” nomli aksiya o‘tkazildi.
Yoshlar jamoasi korxona atrofida yoyilib ketgan plastik idishlarni terib, atrof-muhit tozaligiga, ekologiyaning yaxshilanishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Obodonlashtirish oyligi”da jamiyatimiz yoshlari ham mana shunday tashabbuslari bilan faol ishtirok etmoqda.
🔺“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ hamda Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda korxona ishchi-xodimlarini profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
🌋 Mazkur tibbiy ko‘rik zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirida kelib chiqadigan kasb kasalliklari va xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirida yuzaga keladigan hodisalarni oldini olish, ishchi-xodimlarning salomatligini asrash maqsadida o‘tkazilmoqda.
✍️ Unga Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi davolash profilaktik muassasasining malakali mutaxassislari jalb qilindi.
✅ “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o'tkazilayotgan sport musobaqalari erkaklar o'rtasidagi voleybol o'yinlari bilan davom etmoqda.
✅ Sertifikatni topshirish marosimida “CERT International” sertifikatlashtirish idorasi vakili Alisher Alimov hamda korxonaning rahbar xodimlari ishtirok etdi. A.Alimov korxonaning barcha vakillarini ushbu yutuq bilan tabriklab, mazkur sertifikat korxona faoliyatining korrupsiyaga qarshi standartlarga to‘la mos ekanligini hamda korxonada korrupsiyaga qarshi kurash tizimi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, sertifikatni qo‘lga kiritishgacha bo‘lgan jarayonda o‘tkazilgan audit tekshiruvlarida jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurash tizimi qay holatda ekanligi atroflicha tahlil qilinganligini aytib o‘tdi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ishchi-xodimlar o‘rtasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida sport musobaqalari start oldi.
Unda:
🏓 Stol tennisi;
🎗Yugurish;
♟Shaxmat;
🏐Voleybol o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
📌 Bugun musobaqaning stol tennisi va yugurish bo‘yicha bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hozircha mahoratlilar o‘z yetakchiligini egallab turibdi. Natijalar musobaqa so‘ngida yig‘ilgan umumiy ballar hisobiga qarab aniqlanadi. O‘yinlar davom etadi.
♻️ O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligini munosib kutib olish, unga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘tkazilayotgan “Obodonlashtirish oyligi”da “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.
🌳 Jamiyat hududini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, infratuzilmalari holatini yaxshilash ishlari barcha bo‘lim va sexlarda davom etmoqda.
🟢 Korxonaning Temir yo‘l sexiga 40 sotix yer maydoni obodonlashtirish ishlari uchun ajratilgan bo‘lib, bugungi kunda 150 tup manzarali, 50 tup mevali, 50 tup gullar parvarish qilinmoqda. Sex xodimlari tomonidan daraxtlar oqlanib, tagiga ishlov berildi, ma’muriy boshqaruv binosi qayta ta’mirlanib, temir yo‘lni kesib o‘tuvchi piyodalar yo‘lagiga chiqindilar tashlash uchun maxsus chiqindi tashlash qutilari o‘rnatildi.
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Davlat tilida ish yuritish sifatini oshirish maqsadida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi bilan hamkorlikda o‘quv kursi tashkil qilindi.
📚 Kursning ikkinchi bosqichida 12 nafar xodim o‘qitilib, ularga markazning maxsus sertifikatlari topshirildi. 2023-yil rejasiga ko‘ra, 35 nafar xodim mazkur kursda o‘qitilishi ko‘zda tutilgan.
✅ O‘quv mashg‘uloti “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Yoqilg‘i moylash materiallari uchastkasidagi 2-sonli rezervuariga yoqilgʻi haydash quvurining 2-sonli joʻmragidan yonuvchi suyuqlik sizib oqayotgan vaqtda uchqun chiqishi oqibatida kelib chiqqan yongʻinni bartaraf etish chora-tadbirlariga bag‘ishlandi. Oʻtkazilgan taktik-oʻquv mashgʻulotida uchastka xodimlarining aynan shu favqulodda vaziyatga tayyorligi tekshirildi.
☎️ Unda favqulodda vaziyat kelib chiqqanligiga guvoh boʻlgan xodim uchastka boshligʻiga, “QFK” dispetcheriga, FM tuzilmalari komandirlariga, 19-sonli yongʻin-qutqaruv qismiga xabar berish, yongʻin oʻchirish mashinasini kutib olish, yongʻinni oʻchirish ishlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berildi.
✍️ Mashg‘ulotda yuzaga kelgan kamchilliklar mas’ullar tomonidan tushuntirib oʻtildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PF-6099-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqa mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlandi.
⚽️ Musobaqaning bu galgi bosqichida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ QK jamoalari bellashdi.
🥇1-o‘rin – “Qizilqum Fosforit kompleksi”
🥈2-o‘rin – “Dehqonobod Kaliy zavodi”
🥉3-o‘rin – “Qo‘ng‘irot soda zavodi”
✅ O‘yinning eng yaxshi darvozaboni sifatida xavfli hujumlarni mohirona qaytarib, jamoadoshlariga kamarbasta bo‘lgan Muxlis Karimov e’tirof etildi. Korxonaning faxriga aylangan futbol jamoamizning keyingi o‘yinlariga ham omad tilaymiz!
🏆G‘olib va sovrindorlar turnirni tashkillashtirgan “Navoiyazot” AJ kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
✍️ “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari ishchi-xodimlarini sportga keng jalb qilish, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportning mini-futbol turini ommalashtirish maqsadida mini-futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi. ⚽️
✅ Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ, “Navoiyazot” AJ hamda “JV Continaz” KK MChJ jamoalari bellashdilar. Musobaqa qizg‘in kurash va murosasiz bahslar bilan yakunlandi.
🥇Shunday qilib, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi o‘z o‘yinlarida 9:1 hisob bilan “JV Continaz” KK MChJ jamoasini mag‘lub etgan bo‘lsa, 4:0 hisob bilan “Navoiyazot” AJ jamoasi ustidan g‘alaba qilib, mutloq g‘oliblikka chiqib olishdi.
✅ Korxonaning faol va jonkuyar xodimi O‘ktam Jumayev tashabbusi bilan tashkil etilgan futbol jamoasining keyingi o‘yinlarida ham g‘alabalar davomli bo‘lishini tilab qolamiz!
✍️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Markaziy laboratoriyasida bugungi kunda 18 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.
🔬Ularning shart-sharoitlarini yaxshilash, zamonaviy laboratoriya xonalarida ishlarini olib borishlari uchun xavfsizlik talablariga javob beradigan yangi laboratorik va yordamchi mebellar bilan jihozlangan hamda laboratoriya jihozlari va laboratoriya mebellari bilan ta’minlangan xonalar foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablarga mos keluvchi yangi binoda markaziy laboratoriya yordamchi xonalari, xodimlarining himoya vositalari va shaxsiy buyumlarini saqlash uchun yangi shkaflar, ovqatlanish va yuvinish xonalarining mavjudligi ishchi-xodimlar uchun anchagina qulaylik yaratmoqda.
☑️ “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning Texnik nazorat bo‘limi bugun o’zgacha qiyofaga kelgan.
✍️ 2023-yil rejasiga ko‘ra, bo‘lim uchun ajratilgan eski bino qayta ta’mirlanib, xodimlar uchun zamonaviy ofislar, kiyinish xonalari, ishchi-xodimlarning ovqatlanishi uchun barcha qulayliklarga ega oshxona, alohida tarozixona va namunalarni taqsimlash xonalari foydalanishga topshirildi. Shuningdek, nazorat o‘lchash xonasi uchun modernizatsiyalashgan diskli ishqalagich, mahsulotlarni namligini o‘lchovchi yangi rusumli o‘lchagich analizatori, zamonaviy laboratoriya stollari va tarozilari hamda boshqa ko‘plab zamonaviy uskunalar ish boshladi. Ishlash uskunalari va maxsus shkaflardagi changlarni torituvchi uskunalar o‘rnatildi.
🗜Texnik nazorat bo‘limida bugungi kunda 16 nafar xodim faoliyat olib bormoqda.
💫“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ tomonidan Qurbon hayiti munosabati bilan kam ta’minlangan oilalar, yolg’iz keksalar holidan xabar olindi. Ularga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat va go‘sht mahsulotlari tarqatildi.
Tekshiruv korxonaning korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishini muvofiqlashtirish maqsadida o‘tkazildi.
📚 “Cert International” tashkiloti mutaxassislari boshchiligida olib borilgan tekshiruvda korxonada menejment tizimini joriy qilish, mazkur tizim natijadorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
✍️Tekshiruv davomida korxonaning barcha bo‘lim va sexlari faoliyati, komplayens xizmati, kadrlar bo‘limi, mahsulotlarni sotish, xarid qilish va marketing bo‘limi, buxgalteriya hamda ma’muriy xo‘jalik bo‘limlarining faoliyati chuqur tahlil qilindi.
📝 Audit tekshiruvi suhbat, hujjatlarni tahlil qilish, savol-javob va tushuntirish tarzida olib borildi.
✍️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5132-son qarori ijrosini taʼminlash, “Oʻzkimyosanoat” AJ markaziy apparati, tarmoq korxona va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlari va topshiriqlari ijrosi ustidan nazorat va shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish maqsadida ijro intizomiga masʼul xodimlarga yangi joriy etilgan “edo.ijro.uz” tizimida ishlashni oʻrgatish boʻyicha videokonferensaloqa shaklida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
☑️ Seminar-treningda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda faoliyat olib borayotgan 15 nafar mas’ul va rahbar xodimlar ishtirok etdi. Unda “edo.ijro.uz” tizimining hujjat yuritishdagi qulayliklari, imkoniyatlari va yangiligi to‘g‘risida mutaxassislar tushunchalar berib o‘tdi.
✔️ Jumladan, “Yuk ko‘tarish mashinasining ilgagiga yukni ildirish huquqi bilan ushbu mashinani yerdan turib yoki statsionar pult orqali boshqarish bo‘yicha operator” maqsadli o‘quv kursida 40 nafar xodim;
“Stropalchi” qo‘shimcha kasbga qayta tayyorlash kursida 25 nafar xodim;
“SHANTUI SK-105 S, XCMG, SANY” markali yuk ko‘taruvchanligi 60, 70, 120 tonnagacha bo‘lgan og‘ir yuk ko‘taruvchi karyer avtomobilini haydash bo‘yicha 35 nafar xodim;
ISO 9001:2015 Sifat menejmenti tizimi ichki audit yo‘nalishida 15 nafari va boshqa kurslarda xodimlar o‘qitilib, hamkor korxonalar bilan tajriba almashildi.
🗓 “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda yil so‘ngiga qadar 456 nafar xodim kasbga o‘qitilishi rejalashtirilgan.
🌱O‘simliklar uchun asosiy oziq moddasi sifatida fosforga qo‘shimcha ravishda kalsiy, oltingugurt, magniy, kremniy va keng spektrli mikroelementlar ham qo‘shib berilishi lozim. Aynan fosforit uni o‘simliklarning oziqlanishi uchun zarur bo‘lgan 11 dan ortiq elementlarni tarkibida saqlaydi.
U ekinlarning hosildorligini yaxshilashga, turli kasalliklarga, qurg‘oqchilikka, sovuqqa chidamliligini oshirishga yordam beradi.
💧Shuningdek, fosforit uni o‘simlikning ildizigacha yetib borib, uni mustahkamlashga, tuproqqa chuqurroq kirib borishiga, yerning namlik ta’minotining yaxshilanishiga yordam beradi.
✅ Bugun O’zbek milliy akademik drama teatrida “O‘zkimyosanoat” AJ tarmoq korxonalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi 12 ta jamoa o‘rtasida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Jamoani ushbu g‘alaba bilan tabriklaymiz!
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Kimyogarlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o‘tdi.
✅ Bayram uchun yozilgan dasturxon atrofida turli qiziqarli o’yinlar, sahna chiqishlari, kuy-qo’shiqlar va go’zal raqslar o’rin oldi.
✍️ Shuningdek, korxonada fidokorona mehnat qilayotgan 6 nafar xodim “O‘zkimyosanoat” AJning, 40 nafar xodim esa “ Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning faxriy yorliq va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Avval xabar berganimizdek, “Qizilqum fosforit kompleksi MChJda ISO 9001:2015 “Sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti asosida “Menejer ichki auditor” o‘quv kursi tashkil qilingan edi. Unda korxonada faoliyat yuritayotgan 15 nafar xodim qatnashib, kursni muvaffaqiyatli yakunladi. Shu munosabat bilan bugun ushbu kurs bitiruvbchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.
✅ Shunday qilib, mazkur kurs bitiruvchilari bundan keyin jamiyatning ichki auditorlari ham hisoblanishadi. Ular kelajakda jamiyatning menejment tizimini baholash va to‘g‘ri yo‘naltirish, aniqlangan nomuvofiqliklar bo‘yicha zaruriy tuzatish harakatlarini amalga oshirish va shu orqali korxona faoliyatini takomillashtirish, belgilangan talablarga muvofiqligini ta’minlash uchun xizmat qilishadi.
✔ “Tashkura” karyeridan sel oqimlari va yer ko‘chki hodisalari yuzaga kelish oqibatida 1-nafar ishchi tog‘ jinslari uyumi ostida qolgan. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJga qarashli “Tashkura” karyerida o‘tkazilgan taktik-o‘quv mashg‘ulotida aynan shu favqulotda holatda to‘g‘ri harakat qilish amaliyoti olib borildi.
Unda navbatchi “Tashkura” karyerida avariyalarni bartaraf etish rejasiga asosan sex va bo‘lim boshliqlariga, FM tuzilmalari komandirlariga, shaxsiy tarkibiga xabar yetkazish ishlari hamda qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchini qutqarish va unga birinchi yordam ko‘rsatish ishlari amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib berildi.
✔ Shuningdek, “Tashkura” karyerida 718-sonli CAT 789C avtomabili shinasining nosozligi oqibatida kelib chiqqan yong‘inni bartaraf etish mashg‘uloti ham bo‘lib o‘tdi. Yuzaga kelgan holat ko‘ngilli yong‘indan saqlash xizmat xodimlari, yong‘in xavfsizligi xizmati va tez tibbiy yordam xizmatchilari va korxonaning mas’ul ishchilari bilan birgalikda bartaraf etildi.
Taktik-o‘quvda yuzaga kelgan kamchilliklar va ularni bartaraf etish ko‘nikmalari mas’ullar tomonidan tushuntirib o’tildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Kimyogarlar kuni” munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Jamiyat xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinini ommalashtirish, mantiqiy fikrlash qobilyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘yin qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi.
Bu galgi o‘yinda bo‘lim va sexlardan tashkil topgan 13 ta jamoa o‘rtasida olib borilgan kurash natijasiga ko‘ra eng kuchli jamoalar mutlaq g‘oliblikka chiqishdi.
Shunday qilib, birinchi o‘rinni Kon uskunalarini ta’mirlash sexi jamoasi;
Ikkinchi o‘rinni Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari jamoasi;
Uchinchi o‘rinni esa 15-sexning transportchilar jamoasi qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ “Navoiyazot” AJning turli yo‘nalishda ishlab kelayotgan yosh mutaxassislari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan tajriba almashish, malaka oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida olib borildi.
Mehmonlar korxonaning ishlab chiqarish jarayonlari, Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. O‘z yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan suhbatlar olib borildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 10-12-may kunlari ISO 37001:2016 xalqaro standartlar bo‘yicha Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining tatbiq qilinganlik darajasini baholash maqsadida birinchi bosqich audit o‘tkazilmoqda. Audit “CERT INTERNATIONAL” tashkilotining auditori A.Alimov tomonidan olib borilayapti. Tekshiruv yakunida korxonadagi korrupsion xatarlar to‘g‘risidagi yutuq va kamchiliklarning xulosalari taqdim qilinadi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassis, rahbar va xodimlar uchun Sanoat xavfsizligi yo‘nalishida o‘quv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘quv O‘zbekiston Raspublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bo‘lib, unda korxonada faoliyat yuritayotgan 20 nafar xodim jalb qilindi.
Mutaxassislar Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish va davlat organlariga, jamoat birlashmalari va fuqarolarga taqdim etish tartibi, Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalarni texnik jihatdan tekshirish tartibi kabi masalalardabilim va ko‘nikmalarini oshirishdi.
28-aprel Butunjahon Mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyat kengashi tomonidan Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovning “Eng yaxshi mehnat muhofazasi bo‘yicha yosh mutaxassis” nominatsiyasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi Jo‘rayev Dadajon To‘xtasin o‘g‘li faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu yutuq bilan hamkasbimizni tabriklaymiz va yutuqlari bardavom bo‘lishini tilaymiz!
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan Spartakiada o‘yinlarining futbol musobaqasi o‘z yakuniga yetdi.
Korxonada sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sport musobaqalarini ishchi-xodimlar o'rtasida ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur musobaqa qizg‘in kurash va bahslarga boy bo'ldi.
5 kun davom etgan musobaqa natijalariga ko‘ra, turnir davomida raqib darvozasiga 29 ta gol urib, o‘z darvozasidan 1 ta to‘p o‘tkazgan "Tashkura" karyer jamoasi birinchi o‘rinni, Fosforit konsentranti ishlab chiqarish sexi jamoasi ikkinchi o‘rinni, Geologlar jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib jamoalar korxona rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJning bir guruh xodimlari taqdirlandi.
Jamiyat rahbariyati tomonidan kasb bayramini nishonlayotgan mutaxassislarga iliq fikrlar bildirilib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilashdi. O‘z faolligi va jonkuyarligi bilan korxonada xizmat qilib kelayotgan xodimlar pul mukofoti va tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
Bugungi kasb bayramini nishonlayotgan Sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi yo‘nalishi xodimlariga bayram muborak bo‘lsin!
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda erkaklar o‘rtasida Spartakiada sport o‘yinlarining Mini futbol musobaqasi boshlandi.
Unda bo‘lim va sexlardan tashkil topgan 13 ta jamoa ishtirok etmoqda. O‘yinlar jamoalar o‘rtasida qur‘a tashlash orqali tashkil qilindi.
O‘yinlar 5 kun davomida bo‘lib o‘tadi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ Fosforit konsentrati ishlab chiqarish sexida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha taktik-o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
O‘quv mashg‘ulotda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanishi, vaziyatni tezkor bartaraf etish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari amaliy mashg‘ulotlar orqali ko‘rsatib o‘tildi. Mutaxassislar tomonidan mashg‘ulot natijalari, yutuq va kamchilliklar tushuntirib o‘tildi.
Unda Yong‘in xavfsizligi, sog‘liqni saqlash bo‘limi, jamoat tartibini saqlash bo‘linmasi, korxona rahbariyati va bosh mutaxassislar ishtirok etishdi.
Toshkent shahrida “Innoprom Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat haftaligi bo’lib o’tdi.
Unda O’zbekiston va Markaziy Osiyodagi yirik sanoat markazlari, vazirlik va idoralar o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori F.Samadov hamda mutaxassislari ushbu ko’rgazmada ishtirok etib, xalqaro sanoat korxona vakillari bilan hamkorlik masalalari bo’yicha fikr almashdi. Jumladan, Belarus Respublikasi “Belaz-Xolding” kompaniyasi hamda “Haul Truscks” kompaniyasi yetakchilari bilan og’ir yuk ko‘taruvchi avtosamosvallarni sotib olish, ularni ishlatish, mutaxassislar tajribasini almashish masalasida hamkorlik uchrashuvlari o’tkazildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 2022-2024-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Yangi Konstitutsiya va Mehnat kodekslaridagi o‘zgarishlarni jamoa shartnomasiga kiritish bo‘yicha mutaxassislar bilan birgalikda takliflar ko‘rib chiqildi. Unda asosan yoshlar va ayollar mehnatini rag‘batlantirish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvlatlash, jamoada ularning sha’ni, qadr-qimmatini ko‘tarish, ishchi-xodimlarning mehnat ta’tillari, ish faoliyatida qulay imkoniyat va imtiyozlar, mehnatga haq to‘lashdagi adolatlilik masalalari o‘rtaga tashlandi. Takliflar mutaxassislar tomonidan ovoz berish orqali tasdiqlandi.
Zarafshon shahar “Alpomish” sport majmuasida ⚽️ Mini futbol bo‘yicha “Davlat xavfsizligi kubogi” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Markaziy kon boshqarmasi va “Navoiy kon-metallurgiya jamg‘armasi” DM Zarafshon hududiy boshqarmasi hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJdan tashkil topgan 16 ta jamoa qatnashdi.
5 kun davom etgan musobaqa natijalariga ko‘ra, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi RU-5 jamoasini 5:1, GMZ-7 jamoasini 6:1 hisob bilan mag‘lub qilib peshqadamlikka chiqib olgan bo‘lsa, final o‘yinlarida GMZ-2 jamoasini 4:0 va GMZ-5 jamoasini 6:2 hisobi bilan ortda qoldirdi. Shunday qilib, “QFK” MChJ jamoasi musobaqaning mutloq g‘olibi bo‘lishdi.
G‘olib jamoaga jamiyatning pul mukofotlari topshirildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda Yoshlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi Sh.Qo‘ldoshev va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda 2023-yil 11-aprel kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, sportga jalb qilish, korxonalarda faoliyat yuritayotgan yoshlarga imkoniyatlar yaratish kabi masalalar yuzasidan fikrlar almashildi.
Yoshlar bilan yangi loyihalar, yoshlar faolligini oshirishga xizmat qiluvchi ishlar kelishib olindi. Taklif va mulohazalar o‘rtaga tashlandi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ rahbar xodimlari va soha mutaxassislari uchun “ISO9001:2015 Sifat menejmenti tizimi bo‘yicha menejer/ichki auditor” yo‘nalishida o‘quv seminar tashkil qilindi.
O‘quv seminarni “CERT academy Group” tashkilotining tajribali spikeri Alisher Aminov olib bordi.
Seminarda sifat menejment tizimni (SMT) boshqarish, SMT va uning hujjatlarini ishlab chiqish, SMTni joriy etish, Tashkilotni sertifikatlashtirishga tayyorgarlik jarayonida SMT ichki auditni tashkil etish va o‘tkazish, sertifikatlash uchun tizimni tayyorlash kabi mavzularda darslar olib borildi.
Ushbu kurs strategik menejmentga asoslangan ISO 9001 xalqaro standarti talablariga javob beradigan samarali boshqaruv tizimini yaratish orqali o‘z tashkilotlarining muvaffaqiyatidan manfaatdor bo‘lgan ta’sischilar, menejerlar va xodimlar uchun mo‘ljallangan.
Undan ko‘zlangan maqsad ISO 9001 standartining har bir talabini batafsil o‘rganish va ularni qo‘llash, sifat menejment tizimi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning barcha turlarini aniqlash va hujjatlarni ishlab chiqishning amaliy mashg‘ulot usullarini o‘rganish, SMTni ishlab chiqish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni va ularni bartaraf etish usullarini aniqlash va Sifat menejment tizimini sertifikatlash bosqichlarini o‘rganish kabilardan iboratdir.
Qizg‘in bahs, mushohada va aql charhi. Xotin-qizlar shaxmat donalari ustida olib borgan bellashuvda xuddi shu jihatlar talab etildi. “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ xotin-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat-shashka musobaqasida jamiyat bo‘lim va sexlaridan tashkil topgan 10 ga yaqin jamoa ishtirok etdi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra, shaxmat o‘yinida birinchi o‘rinni Fosforit konsentranti ishlab chiqarish sexi xodimi Dilshoda Raupova, ikkinchi o‘rinni Markaziy laboratoriya bo‘limi laboranti Sayfiyeva Rushana, uchinchi o‘rinni esa “QFK” MChJ KUQ Tashkiliy masalalar bo‘yicha yetakchisi Sadoqat Ro‘ziyevalar qo‘lga kiritishdi.
Shashka musobaqasida birinchi o‘rinni Xo‘jalik ishlari bo‘limi jamoasi, ikkinchi o‘rinni Texnik nazorat bo‘limi jamoasi, uchinchi o‘rinni esa Ma’muriyat jamoasi qo‘lga kiritishdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ular orasida sportni ommalashtirish maqsadida erkaklar o‘rtasida sportning shaxmat-shashka turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Unda sex va bo‘limlardan tashkil topgan 11 ta jamoa o‘ziga belgilangan raqiblar bilan bellashdi.
Bahslar qizg‘in kurashlar ostida o‘tdi. G‘oliblik donalarga qaratilgan e’tibor bilan birga zukkolikni oldinga surgan jamoalarga nasib qildi. Shunday qilib:
1-o‘rin Temir yo‘l sexi jamoasiga;
2-o‘rin Iqtisodiy tahlil va mehnatni tashkillashtirish bo‘limiga;
3-o‘rin esa Qo‘riqlash bo‘limi xodimlariga nasib etdi.
Erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida birinchi o‘rinni Texnika xavfsizligi bo‘limi xodimlari, ikkinchi o‘rinni Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari, uchinchi o‘rinni esa Loyihalashtirish va konstruktorlik bo‘limi xodimlari qo‘lga kiritishdi.
G‘olib jamoalar pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Markaziy kon boshqarmasi va “Navoiy kon-metallurgiya jamg‘armasi” DM Zarafshon hududiy boshqarmasi hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bilan hamkorlikda xotin-qizlar o‘rtasida stritbol sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda ishtirok etgan 8 ta jamoa o‘rtasida “Qizilqum fosforit kompleksi’ MChJ jamoasi faxirli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda konstitutsiyaviy islohatlar mazmun-mohiyatini korxona ishchi-xodimlari o‘rtasida targ‘ib qilishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktor maslahatchisi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat kengashi deputati N.Sodiqova olib bordi. Unda Yangilanayotgan konstitutsiya va siyosiy o‘zgarishlar, ta’lim, ijtimoiy hayot, xotin-qizlar masalalari, sud-huquq tizimiga oid ko‘plab qo‘shilayotgan yangi moddalar haqida tanishtirib o‘tildi. Yig‘ilganlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar ham berib borildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ ishchi-xodimlari o‘rtasida “Referendum haqida nimalarni bilasiz?” mavzusida so’rovnoma o‘tkazildi.
Unda joriy yilning 30-aprelida o‘tkazilishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid referendum hamda konstitutsiyaviy o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumot ham berildi. Konstitutsiya har bir insonning hayoti va farovon yashashi uchun muhim bo‘lgan hujjat. Shu bois, so‘ngi kunlardagi dolzarb bo‘lib turgan siyosiy jarayonlarda har kim faol bo‘lishga chaqirildi.
Bayramni “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ direktori Farrux Samadov ochib berdi. F.Samadov ishchi-xodimlarni yangilanish, yosharish va tinchlik ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, o‘tgan bir yil ichida korxonamizda qator yutuqlarga erishilganini, bunda har bir xodimning qadrlanishga loyiq o‘z xizmati borligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, barchaning xonadoniga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, sihat-salomatlik hamrohligini tiladi.
Saylda har bir bo‘lim va sexlar o‘zlarining milliy dasturxonini bezatdi. Ko‘rilgan tayyorgarliklar asosida, “Eng yaxshi bezatilgan Navro‘z dasturxoni” tanlovi ham o‘tkazildi. Dasturxonlarga sumalak, ko‘k somsayu, ko‘k chuchvaralar va boshqa ko‘plab milliy taomlar tortiq qilindi. Hakamlar hay’ati tomonidan bezatilgan dasturxonlar baholanib, eng faollari aniqlandi. Tanlovda birinchi o‘rinni Avtotransport sexi, ikkinchi o’rinni Texnik nazorat bo‘limi, uchinchi o‘rin esa Kon-transport sexi qo‘lga kiritdi.
Navro‘z bayramini qadimiy qadriyatlar yanada jozibasini oshiradi. Shu bois, jamiyat Navro‘z saylida ishchi-xodimlar o‘rtasida arqon tortish, tosh ko‘tarish va lanka kabi milliy o‘yinlar ham o‘tkazildi.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, Markaziy kon boshqarmasi va “Navoiy kon-metallurgiya jamg‘armasi” DM Zarafshon hududiy boshqarmasi hamda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ bilan hamkorlikda erkak ishchi-xodimlar o‘rtasida “Alpomish” spartakiadasining Voleybol bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada jami 8 ta jamoa ishtirok etdi. O'yin anchagina bahsli, achkolar hisobiga ko‘ra hayajonli kechdi. Natijaga ko'ra, 2:0 (25:21, 25:12) hisob bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi Auminzo-Amantay jamoasi ustidan g’alaba qozondi. G‘olib jamoa diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa korxona va tashkilotlar o‘rtasida sportning voleybol turini ommalashtirish, ishchi-xodimlarni sportga keng jalb qilish hamda korxona va tashkilotlar jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib turish maqsadida tashkil qilindi.
Yurtimizda Navro‘z shukuhi kezmoqda. Navro‘z bayrami munosabati bilan bahorning shoh taomi sumalak pishirish xalqimizga xos an’analardan hisoblanadi. Mana shu an’anaga ko‘ra, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda ham sumalak sayli boshlandi.
Doshqozonga osilgan sumalak atrofida jamiyat ishchi-xodimlari niyat bilan xizmatda bo‘lishmoqda.
Faol xotin-qizlar tomonidan laparlar, yor-yorlar va aytishuvlar, qizg’in o‘yin kulgu ham tashkillashtirildi. Yoshi kattalar tomonidan sumalakning paydo bo‘lish tarixidan turli voqealar, hikoyalar va dostonlar aytildi. Sumalak sayli milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asosan yoshu-qarini bir qozon taom atrofida birlashtirdi.
10 ta asosiy, qo‘shimcha 3 ta savol. Ulardagi turli mavzular ishtirokchilarni chuqur mushohadaga va qattiq o‘ylashga majbur qildi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yini ana shunday jarayonlarga boy bo‘ldi. Qizg‘in bahslar, jamoalar o‘rtasidagi tortishuvlar, aniq javobni talab qiluvchi savollar esa jamiyat ishchi-xodimlarining bilim va tajribalarini sinovdan o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 20-yanvarda qabul qilingan 96-sonli qarori o‘yinga qiziquvchilar sonining oshishi, aholi orasida ommalashishi, korxona va tashkilotlarda e’tiborning kuchaytirilishiga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shunday qilib, bu galgi o‘yinda korxonaning sex va bo‘limlaridan tashkil topgan 12 ta jamoa bellashdi. Natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball bilan Kon jihozlarini ta’mirlash sexi jamoasi birinchi o‘rin, Marksheyderlar jamoasi ikkinchi o‘rin, “Tashkura” karyer jamoasi esa uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan bir necha yildan buyon “Yashil makon” umumilliy loyihasi tashkil qilinib kelinmoqda. Unda “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi ham xayrixohlik va faollik bilan ishtirok etib kelishadi.
Jamiyat hududida boshlangan loyiha doirasida bu gal 100 ming tup saksovul ko‘chati ekish ishlari boshlab yuborildi. Bundan tashqari, korxona hududini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 300 tup qayrag‘och ko‘chati ham ekildi.
Ushbu loyihada ishlar Konimex tuman davlat o‘rmon xo‘jaligi hamkorligida olib borilmoqda. Mutaxassislar ko‘chatlarni yetkazib berish va ularni ekish, parvarishlash ishlarida jamiyat xodimlariga ko‘maklashmoqdalar.
Shuningdek, Fosforit konsentranti sexi xodimlari ham o‘z hisobidan 11 tup archa va 50 tup gujum daraxtini ekishdi. Sex atrofi obodonlashtirilmoqda.
Korxonaning barcha bo‘lim va sexlarida atrofni obodonlashtirish, chiqindilardan tozalash va darxtlarni oqlash, ularga shakl berish ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Hashar so‘ngida xayriya sifatida yozilgan dasturxon atrofida yig’ilganlar, bir piyola choy ustida duoga qo‘l ochib, fotihalar qilishdi. Jamiyat hududida hashar ishlari 18-martgacha davom etadi.
Ayni bahor kunlarida qishdan qolgan xazonrezlarni yig’ishtirib olish, atrofni tartibga keltirish, daraxtlarga ishlov berish talab etiladi. Shu maqsadda har yili Navro’z bayrami oldidan mahallalarda, jamoat joylarida, korxona va tashkilotlarda umumxalq xayriya hasharini o’tikazish an’anaga aylangan.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasi ham bu yilgi xayriya hasharida faol ishtirok etmoqda. Jamiyat hududiga jami 400 tup daraxt va turli xildagi manzarali gullar ekildi.
Jamiyatning Transport sexi xodimlari o‘zaro birikib, 70 metr maydonga 200 tup gujum daraxti, 100 paket gul urug’i, 6 kg beda urug’ini ekishdi.
—Ekilgan daraxtlar va gullarni yaxshilab parvarish qilsak, bir oyda seximiz atrofi yashillikka burkanadi. Cho’lning o‘rtasida tabiiy manzarani yaratish oson emas, lekin seximiz xodimlari bunday ishlarda faol, albatta buni amalga oshiramiz, – deydi Transport sexi boshlig‘i Otaniyoz Irgashev.
Shuningdek, 8-Mart — “ Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan o’tkazilgan Qo’lto’pi sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada jamiyat ayollari o’zlarini sinab ko’rishdi.
Chaqqonlik va e’tiborlilikni talab qiluvchi mazkur o’yin ancha bahsli kechdi. Birinchi o’yinda Ma’muriy boshqaruv jamoasi qizlari Markaziy laboratoriya bo’limi jamoasini 11:0 hisob bilan mag’lub qilgan bo’lsa, ikkininchi o’yinda esa Ma’muriy boshqaruv jamoasi qizlari Texnik nazorat bo'limi jamoasini 4:0 hisobi bilan mutloq g’oliblikka chiqib olishdi.
Musobaqa natijalariga ko’ra,
birinchi o’rin, Ma’muriy boshqaruv jamoasiga;
ikkinchi o’rin, Texnik nazorat bo'limi jamoasiga;
uchinchi o’rin, Markaziy laboratoriya bo’limi jamoalariga nasib qildi.
G’oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda 8-Mart — “ Xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan “Qizilqum gavhari” nomli ko’rik-tanlov o‘tkazildi.
Unda jamiyatning faol xotin-qizlari o’zlarining mahoratlarini:
- tanishtiruv;
- savol-javob;
- “Kasbim faxrim” mavzusida videorolik tayyorlash;
- pazandalik mahorati;
- va erkin mavzu kabi shartlarda ko’rsatib berishdi.
Albatta shartlarda o’ziga xos yondashuv, chaqqonlik va zukkolikka alohida e’tibor qaratildi.
Shunday qilib, birinchi o’ringa Markaziy tahlil laboranti Ruxshona Sayfiyeva;
ikkinchi o’ringa Texnik nazorat bo'limi nazoratchisi Mavlyuda Pattayeva;
uchunchi o’ringa esa Markaziy tahlil laboranti Nargizaxon Ummatovalar munosib deb topildi. G’oliblar pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanishdi.
9-fevral g’azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan yurtimizning barcha jabhalarida g‘azalxonlik kechalari, adabiyot kunlari o‘tkazilishi odat tusiga kirib ulgurdi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ jamoasida ham Navoiy hazratlarining 582 yilligiga bag’ishlangan g’azalxonlik kechalari tashkil qilindi.
Jamiyat xodimlari, adabiyot ixlosmandlari, yosh kadrlar tomonidan shoir ijodiga mansub g’azallar, ruboiylar tayyorlanib, dostonlardan turli sahna ko’rinishlari namoyish qilindi. Navoiyning ulamolar bilan olib borgan muzokaralari aks etgan ko’rinish, unga ulangan g’azalxonliklar barchani she’riyat olamiga olib kirdi hamda Navoiy faoliyatiga bir nazar tashlamoqqa undadi.
Xodimlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilishni maqsad qilgan mazkur musobaqada
birinchi o’rin ma’muriyat jamoasiga;
ikkinchi o’rin texnik nazorat bo’limi jamoasiga;
uchinchi o’rin esa markaziy tahlil laboratoriyasi bo’limiga nasib etdi.
G’oliblar diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Ayollar o’rtasida o’tkazilgan Voleybol sport musobaqasi jarayonlaridan fotolavhalar.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJda “Uch avlod uchrashuvi” bo’lib o’tdi. Unda jamiyatda faoliyat yuritayotgan, ko’p yillik tajribaga ega mutaxassislar va yoshlar fikr almashdi.
O’zaro suhbatda tajribali ustozlar yosh kadrlarga o’z kasbida muvaffaqiyatga erishish sirlari, sohaning haqiqiy mutaxassisi bo’lishda bosib o’tishi kerak bo’lgan yo’llar, o’z ustida ishlash, o’qish, izlanish doim olg’a yurishdagi muhim omil ekanini ta’kidlab o’tishdi.
Kecha, bugun va ertaning mavzusini mujassam etgan ushbu uchrashuv doimiy o’tkazib turilishiga kelishib olindi.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda jamiyat hududida kon ishlari xavfsizligi hamda samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminari boshlandi..
O‘quv-seminar O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi bilan hamkorlikda tashkil qilindi. Unda jamiyatning 20 nafar xodimi ishtirok etmoqda.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida Sanoat xavfsizligini ta’minlash va unga rioaya etilishini qonun hujjatlari, huquqiy talablari bilan nazorat qilinishi to’risidagi tanishtiruvdan boshlangan o’quv dasturida 10 ga yaqin mavzular o’rin olgan.
O‘quv mashg‘uloti 19-dekabrdan 23-dekabrga qadar davom etdi.
Bahs-munozaralarga boy bo’lgan “Zakovat” intellektual o’yini bilimlilarni yuzaga chiqardi. Hayoti va faoliyati ishlab chiqarishning texnikasi, avtotransporti va kimyoviy reagentlardan iborat bo’lgan xodimlarning turli sohalarga oid savollar jamlanmasiga bergan javoblari hakamlarni ham shoshirib qo’ydi.
2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb e’lon qilingan.
Xa.Shunday qilib, birinchi o’rin Kon-transport sexining “Transportchilar” jamoasiga; Ikkinchi o’rin jamiyat markaziy laboratoriyasining “Yosh kimyogarlar” jamoasiga; Uchinchi o’rin esa Nazorat o’lchov asboblari va avtomatlashtirish uchastkasi xodimlarining “Priborchilar” jamoasiga nasib etdi.
G’oliblar faxriy yorliq va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
Unda xalqaro standartlar biznes va texnologiyani baholash mezonlari to‘plami ISO standartlashtirish asosining mazmun mohiyati va talablari haqida tushuntirish berib o‘tildi. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bugungi kunga qadar turli sohalar va fanlar bo‘yicha 18 000 dan ortiq xalqaro standartlarni ishlab chiqib, har yili 1100 ga yaqin yangi standartlarni chop etib kelmoqda.
Seminar-treningda ichki va tashqi omillarni baholash, standartning amal qilish doirasini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurash siyosatining pozitsiyasini va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi maqsadlarni aniqlash, korrupsiya risklarini tahlil qilish (aniqlash, ustuvorlik, xavflar bo‘yicha harakatlar samaradorligini tahlil qilish), kamdan yuqori risklar bo‘yicha tegishli ekspertiza o‘tkazish, biznes hamkorlar, pudratchilar va boshqa tashqi tomonlar bilan ishlash yo‘nalishlarini aniqlash, ishga qabul qilish tartibi kabi mavzularda suhbat olib borildi.
Seminar so‘ngida korxona xodimlarining savollariga mutaxassislar javob berishdi.
9-dekabr — “Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurash” kuni. ✅Ushbu kun mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda ham korrupsiyaga qarshi kurash siyosatiga jiddiy e’tibor qaratilgan.
2003 yil 9 dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash bо‘yicha xalqaro konvensiya imzolangan.
2003 yil BMT Bosh Assambleyasining 53-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyaga muvofiq, ushbu kun Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro kuni deb e’lon qilingan.
Xalqaro Standartlashtirish tashkiloti tomonidan 2016 yilda ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi joriy qilingan.
Eslatib о‘tamiz, 2020 yilning 7 sentabr kuni Adliya vazirligi О‘zbekistonning davlat organlari ichida birinchi bо‘lib ISO 37001:2016 faoliyatining barcha yо‘nalishi “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” xalqaro standartiga muvofiq deb baholanib, xalqaro reyestrga kiritilgan hamda tegishli sertifikatga ega bо‘lgan.
Kostitutsiya — farovon hayotimiz va tinchligimiz kafolati!
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak bo'lsin!
Joriy yilda noyabr oyining so`ngi 15 kunligida “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ hududida joylashgan “Tashkura” temir yo‘l bekatining 2-,4-,5-yo‘llarida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Unda 2250 metr yog‘och shpallarni temir va beton shpallarga almashtirildi.
Mazkur ta’mirlash ishlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzelining tashabbusi bilan olib borilmoqda. “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xaridorlarga nes-nobut yetib borishi uchun yo‘llar ravon, ishlar esa jadal bo’lishi muhimdir.
Joriy yilning 04-noyabr sanasida Zarafshon shahar "Oltin-vodiy" madaniyat saroyida “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ xodimlari va ularning oila a’zolari hamda Oʻzbek Milliy akademik drama teatri va kino aktrisasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova bilan ijodiy uchrashuv bo’lib o‘tmoqda.
Uchrashuv 11-noyabr “Kasaba uyishmalari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan bo’lib, “QFK”MCHJ xodimlariga bayramona kayfiyat ulashish, ma’naviy xordiq chiqarishlari uchun sharoit yaratish maqsadida o‘tkazilmoqda.
—Bugun shunday muborak kunda, bayram arafasida sizlar bilan uchrashib turganimdan xursandman, — deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Saida Rametova. – Tinch va farovon yurtga bayramlar yarashadi. Barchamizga bayramlarni mana shunday uchrashuvlar, xursandchilik bilan o’tkazish nasib qilsin. Sizdek mehnatkash, o’z kasbining fidoiy insonlariga biz san’at olamidagi yangiliklar bilan tanishtirgani keldik.
“Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda yoshlar masalasi bo‘yicha direktor maslahatchisi Sh.Qo‘ldoshev korxona yosh xodimlari bilan uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda jamiyatda yosh kadrlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, rejadagi chora-tadbirlar va yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi. Shuningdek, mamlakatimiz bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan tashkillashtirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilindi.
Korxona sex va bo‘limlarida yoshlar yetakchilarini saylash, iqtidorlilarni kashf qilish borasida fikrlar almashilinib, yoshlarning taklif va mulohazalari eshitildi.
29.10.2022 yil xalqaro “Avtomobilchilar kuni” munosabati bilan “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda bayram tadbiri tashkil qilindi..
Tadbirni “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJ direktori F.Samadov ochib berib, kasb bayramini nishonlayotgan barcha haydovchi-mashinistlarni bugungi kasb bayrami bilan tabriklab, ularning ishlariga rivoj tiladi. Shuningdek, korxona faoliyati bilan tanishish maqsadida kelgan “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Matbuot kotibi R.Eshbekov ham so‘zga chiqib, mazkur bayramning ahamiyati, sohada faoliyat yuritayotgan haydovchilarning fidokorona mehnatini alohida e’tirof etib o‘tdi.
Bugungi kunda “Qizilqum fosforit kompleksi” MCHJda 278 nafar haydovchilar va transport yo’nalishi xodimlari faoliyat yuritib kelmoqda. Ularga bayramona kayfiyat ulashish hamda yanada kuchli shijoat bag’ishlash maqsadida korxona tomonidan 30 nafar fidoiy xodimlar tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, xodimlar uchun bayram dasturxoni ham tashkil qilindi.
2022- yilning 10 avgust kuni "QFK" direktor maslahatchisi, hamda kasaba uyushmasi rahbari bilan hamkorlikda fuqarolarning murojaatlari bo'yicha qabuli tashkil etildi.
Unda ishchi xodimlarning murojaatlari eshitildi va murojaatlarga ko'ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
2022-yil 05-avgust kuni "QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI" MChJ da "Temir yo'lchilar kuni" munosabati bilan tadbir - Bayram oshi uyushtirildi.
Tadbirda Jamiyat rahbari F.X. Samadov va Kasaba uyushmasi raisi R.M. Muhammedov so'zga chiqib, temir yo'lchilarning kasb bayramlari bilan tabrikladilar hamda bir guruh fidoiy temir yo'lchilarga Faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirdilar.
Shuningdek Temir yo'i sexi boshlig'i B.E. Urinov hamda tadbirda ishtirok etgan "NKMK" AJ dan kelgan mehmonlar so'zga chiqib temir yo'lchilarni kasb bayramlari bilan qutladilar.
So'ngra barchaga bayram oshi tarqatildi.
Shu yilning 14-iyul sanasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da “ZAKOVAT” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. O’yinda 8 ta guruh bilimdonliklarini sinovdan otkazishdi
Qizg’in kechgan oyinda 3 ta guruh 1-, 2-, va 3- o’rinlarni bo’lib olishdi.
Har bir o’rin egalari korxona rahbari F.X.Samadov tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
2022- yilning 10 avgust kuni "QFK" direktor maslahatchisi, hamda kasaba uyushmasi rahbari bilan hamkorlikda fuqarolarning murojaatlari bo'yicha qabuli tashkil etildi.
Unda ishchi xodimlarning murojaatlari eshitildi va murojaatlarga ko'ra tegishli qarorlar qabul qilindi.
"Qizilqum Fosforit Kompleksi" MCHJ xodimlari o`rtasida “Innovatsion gʻoyalar” va “Eng yaxshi ratsionalizatorlik takliflar” ko`rik tanlovi bo`lib o`tdi .
Har bir o’rin egalari va qatnashuvchilar korxona rahbariyati tomonidan mukofotlar bilan taqdirlandi.
12.08.2022 yilda direktor maslahatchisi tomonidan jamiyatda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan "El aziz - inson aziz" bosh g‘oya ostida davra suxbati o‘tkazildi.
Unda jamiyat ishchi-xodimlari va Kasaba uyushmasi xodimlari ishtirok etdilar.
2022- yilning 11- avgust kuni korxonadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning voyaga yetmagan farzandlari uchun o'uv qurollari, hamda oilalari uchun oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shu yilning 13-17 iyun kunlari "Qizilqum fosforit kompleksi" MChJ bo'linmalari va sexlari futbol jamoalari o'rtasida futbol musobaqasi bo'lib o'tdi
"Tashkura" karyeridan ikkita jamoa to'p surib, birinchi va uchinchi o'rinni "Tashkura" karyerining ikkita jamoasi,
ikkinchi o'rinni esa, Fosfor konsentrati ishlab chiqarish sexi jamoasi egalladi.
G'oliblar "Qizilqum fosforit kompleksi" MChJ direktori F.H. Samadov tomonidan pul mikofotlari bilan taqdirlandilar.
Shu yilning 14-iyul sanasida “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ da “ZAKOVAT” intellektual o’yini bo’lib o’tdi. O’yinda 8 ta guruh bilimdonliklarini sinovdan otkazishdi
Qizg’in kechgan oyinda 3 ta guruh 1-, 2-, va 3- o’rinlarni bo’lib olishdi.
Har bir o’rin egalari korxona rahbari F.H.Samadov tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
“QIZILQUM FOSFORIT KOMPLEKSI” MChJ da 2022-yil 01-iyul sanasidan 29-iyul sanasigacha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “O‘zbek adabiy tili me’yorlari va davlat tilida ish yuritish” o’quv kursi olib borildi.
O‘quv kursi 144 soatdan iborat bo’lib, onlayn shaklda tashkil etildi.
Ushbu o’quv kursida 25 ta rahbar va muhandis texnik xodimlar faol ishtirok etdilar.
Shuningdek, o’quv kursi yakuni bo’yicha 29-iyul kuni tinglovchilar onlayn test imtihonini muvoffaqiyatli topshirishdi.